Ixtisoslashtirilgan prokurorlar korpusi uchun binar o‘quv mashg‘uloti: nazariya va amaliyot uyg‘unligi ta’minlash

Ixtisoslashtirilgan prokurorlar korpusi uchun binar o‘quv mashg‘uloti: nazariya va amaliyot uyg‘unligi ta’minlash

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Bosh prokuror tomonidan o‘quv jarayonini prokuratura organlarining kasbiy faoliyati bilan uzviy bog‘lashga doir belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Ixtisoslashtirilgan prokurorlar korpusi xodimlari uchun binar o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

Mazkur mashg‘ulot tuman (shahar) prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar yordamchilari, shuningdek, viloyat prokuraturalari mahkama xodimlari uchun o‘tkazilayotgan malaka oshirish kursi doirasida tashkil etildi hamda sudlarda jinoyat ishlari ko‘rilishida davlat ayblovini qo‘llab-quvvatlash masalalari va sud qarorlari ijrosini ta’minlashda prokuratura organlarining roliga bag‘ishlandi.

Mashg‘ulot Bosh prokuraturaning jinoiy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini ta’minlash boshqarmasi katta prokurori S.Axmedov hamda Akademiyaning kafedra katta o‘qituvchisi B.Yarashev tomonidan o‘tkazildi.

Binar format doirasida nazariy yondashuvlar amaliyot bilan uyg‘unlashtirilib, jinoiy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatlarini samarali ta’minlashda uchrayotgan dolzarb muammolar va ularni bartaraf etish mexanizmlari atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, amaldagi talablar va ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan tinglovchilarga aniq tushuntirishlar berildi.

Mashg‘ulot interaktiv tarzda o‘tkazilib, tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar hamda kasbiy faoliyatda qo‘llash mumkin bo‘lgan amaliy tavsiyalarga ega bo‘ldilar.

Telegram Facebook