Narkotahdidlarga qarshi xalqaro kun tartibi muhokamasi: Akademiyaning Samarqand forumida ishtiroki

Narkotahdidlarga qarshi xalqaro kun tartibi muhokamasi: Akademiyaning Samarqand forumida ishtiroki

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, tinglovchi va talabalari Samarqand shahrida o‘tkazilgan global narkotahdidlarga qarshi xalqaro forumda ishtirok etdi.

Forumda zamonaviy narkotahdidlarning xususiyatlari, ayniqsa sintetik narkotiklar tarqalishining o‘sishi, yoshlar o‘rtasida narkojinoyatlarning oldini olish, profilaktika va reabilitatsiya mexanizmlarini takomillashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Anjuman doirasida Markaziy Osiyo Narkologlar assotsiatsiyasini tashkil etish, narkotrafik xavfi yuqori bo‘lgan hududlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek xalqaro hamkorlikni institutsional darajada mustahkamlashga qaratilgan amaliy tashabbuslar ilgari surildi.

Akademiya vakillari sintetik narkotiklarga qarshi kurashish, yoshlar o‘rtasida profilaktik ishlarni kuchaytirish va ushbu yo‘nalishda amaliy yondashuvlarni takomillashtirish masalalari bo‘yicha professional muhokamalarda ishtirok etdi.

Forum yakunida qabul qilinishi rejalashtirilgan Samarqand deklaratsiyasi global narkotahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan xalqaro harakatlarning yangi bosqichini belgilab berishi kutilmoqda.

Telegram Facebook