2026-yil 30-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “Tergov harakatlarini o‘tkazishda sun’iy intellektdan foydalanish istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.
Konferensiyada 30 dan ortiq hamkor tashkilotlar mutaxassislari, professor-o‘qituvchilari, yosh olimlar hamda yetakchi ekspertlar ishtirok etadi.
Tadbir yakuniga ko‘ra ilmiy maqola va tezislar to‘plami nashr etilishi rejalashtirilgan. Ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiruvchi soha mutaxassislari va izlanuvchilar maqolalarni https://t.me/investigationAI Telegram orqali yuborishlari mumkin.
Maqola va tezislarga qo‘yilgan talablar.
Ma’lumot uchun telefon:
71-202-04-96 (1715, 1780)