Huquqni muhofaza qilish akademiyasi ilmiy-amaliy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi ilmiy xodim lavozimiga tanlov e’lon qiladi (shartnoma asosida vaqtinchalik ish)

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi ilmiy-amaliy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi ilmiy xodim lavozimiga tanlov e’lon qiladi (shartnoma asosida vaqtinchalik ish)

Hozirgi vaqtda Akademiya faoliyatiga vaqtinchalik asosda huquqni muhofaza qilish faoliyati muammolarini ilmiy-amaliy tadqiq etish layoqatiga ega mutaxassisni jalb qilish zarurati mavjud. Mutaxassis tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ma’qullangan taqdirda, u bilan Akademiya o‘rtasida ikki tomonlama fuqarolik huquqiy shartnoma imzolanadi.

Mutaxassisning vazifalari:

Akademiya Huquqni muhofaza qilish faoliyati muammolarini ilmiy-amaliy tadqiq etish markazida  ilmiy-amaliy tadqiqot bilan shug‘ullanish;

huquqni muhofaza qilish faoliyati muammolari, shu jumladan, jinoyatlarni tergov qilish sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazish;

o‘quv va o‘quv-uslubiy faoliyatga oid hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etish;

o‘quv va o‘quv-uslubiy faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

zaruriy o‘quv uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda qatnashish, shuningdek, yangi nashr etiladigan adabiyotlarga taqriz (xulosa)lar berish;

Toshkent shahrining Akademiyaga biriktirilgan tuman va mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishda ishtirok etish;

Markaz xodimlariga dissertatsion va monografik tadqiqot olib borishda ilmiy maslahatlar berish;

Markazda bakalavr va magistrlik ilmiy tadqiqot ishlari muhokamalarida ishtirok etish, taqriz yoki ilmiy xulosalar berish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

Oliy yuridik ma’lumot va kamida 3-yillik amaliy tajriba (huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida);

25 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lishi;

huquqni muhofaza qilish faoliyati muammolarini tadqiq etish sohasitda tajribaga ega, yuridik fanlar bo‘yicha ilmiy daraja va unvoni mavjud bo‘lishi lozim.

Bajariladigan ish muddati: 3 (uch) oyga belgilangan.

To‘lov miqdori: taraflar kelishuvi bilan belgilanadi va talabgorga bajarilgan ish natijasiga ko‘ra to‘lanadi.

Talablar: ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish layoqatiga ega bo‘lish, tahliliy ma’lumotlar va o‘quv-uslubiy adabiyotlar tayyorlash ko‘nikmasiga ega, mas’uliyatli va intizomli bo‘lish.

Ish vaqti: 8 soatlik, haftasiga 5 kunlik ish rejimini tashkil etadi.

Talabgor Akademiya Kadrlar bo‘limiga fuqarolik pasporti yoki ID kartasi bilan shaxsan murojaat qilib, tegishli hujjatlar (shaxsini tasdiqlovchi hujjat, obyektivka, oliy ta’lim olganlik haqida diplom va uning ilovasi, mehnat daftarchasi nusxasi, STIR ma’lumotnomasini taqdim etishi lozim. Taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqilganidan so‘ng zaruratga ko‘ra talabgor bilan komissiya tarkibida suhbat o‘tkaziladi.

Hujjatlarni topshirish muddati 2026-yil 30-aprel kuniga qadar (shu kuni ham).

Telefon: + 998-97-765-26-43

Telegram Facebook