O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida o‘tkazilgan navbatdagi donorlik aksiyasida Akademiya rahbariyati, xodimlari, talabalar va tinglovchilar faol ishtirok etib, inson hayotini asrash, jamiyatda o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan ezgu tashabbusni qo‘llab-quvvatladilar.
Mazkur tadbir Akademiyada ta’lim va kasbiy tayyorgarlik jarayonlari bilan bir qatorda ijtimoiy mas’uliyat, insonparvarlik va fuqarolik burchi kabi qadriyatlarga ham alohida e’tibor qaratilayotganini namoyon etadi. Donorlik aksiyasi ishtirokchilari uchun bu nafaqat tibbiy yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish, balki jamiyat oldidagi mas’uliyatni amaliy harakat orqali ifoda etish imkoniyati bo‘ldi.
Ta’kidlash joizki, qon donorligi inson hayotini saqlab qolishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bunday tashabbuslar aholi salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom va mas’uliyatli jamiyatni shakllantirishga xizmat qiladi. Bu o‘z navbatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari, xususan, salomatlik va farovonlikni ta’minlash, ijtimoiy hamjihatlikni mustahkamlash hamda mas’uliyatli institutlarni rivojlantirishga qaratilgan maqsadlar bilan hamohangdir.
Akademiyada bu kabi xayrli tashabbuslarning izchil amalga oshirilishi ta’lim muassasasining nafaqat malakali kadrlar tayyorlash, balki yuksak insoniy fazilatlarga ega, jamiyat taqdiriga daxldor va ijtimoiy mas’uliyatli shaxslarni shakllantirishga qaratilgan faoliyatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Donorlik aksiyasi Akademiya jamoasining inson hayoti, salomatligi va qadr-qimmatiga bo‘lgan yuksak e’tiborini yana bir bor namoyon etdi.