Tergov kadrlarini tayyorlashda nazariya, amaliyot va xizmatga oid ko‘nikmalar uyg‘unlashuvi

Tergov kadrlarini tayyorlashda nazariya, amaliyot va xizmatga oid ko‘nikmalar uyg‘unlashuvi

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun tergov-surishtiruv sohasida zarur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur jarayonda talabalarni kelgusi xizmat faoliyatiga har tomonlama tayyorlash, ularning kasbiy, amaliy va xizmatga oid ko‘nikmalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda Akademiya bakalavriatining 3-kurs «Tergov faoliyati» yo‘nalishi talabalari uchun Ichki ishlar vazirligining Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida harbiy fanlar doirasida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Mashg‘ulotlar davomida talabalar guruhlar kesimida Toshkent mintaqaviy o‘quv markazining elektron lazerli tirida otish mashqlarini bajardi, shuningdek maxsus va aloqa vositalaridan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladi.

Bunday mashg‘ulotlar ta’lim jarayonini amaliyot bilan uzviy bog‘lash, talabalarda xizmat faoliyati uchun zarur bo‘lgan intizom, tezkor fikrlash va amaliy harakat ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Telegram Facebook