Yoshlar tarbiyasida milliy qadriyatlar-va vatanparvarlik masalalari muhokama qilindi

Yoshlar tarbiyasida milliy qadriyatlar-va vatanparvarlik masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida bakalavriatning “Tergov faoliyati” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalari uchun ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti direktori Botirjon Ergashev ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida yoshlarda Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy kamolotni yuksaltirish hamda huquqiy ong va madaniy saviyani rivojlantirish masalalari xususida fikr almashildi.

Shuningdek, kelajakda huquqni muhofaza qilish organlarida faoliyat yuritadigan mutaxassislar uchun chuqur bilim, yuksak ma’naviyat, kasbiy mas’uliyat va doimiy o‘z ustida ishlash muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda milliy merosni asrab-avaylash, ma’naviy qadriyatlarni kelgusi avlodlarga yetkazish borasida fikr-mulohazalar bildirdilar.

Bunday uchrashuvlar yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy dunyoqarashi va fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Telegram Facebook