Yagona vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi-hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi ostida seminar o‘tkazildi

Yagona vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi-hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi ostida seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Ma’rifat targ‘ibotchilar jamiyati bilan hamkorlikda «Mustaqillik soati» o‘quv-seminari tashkil etildi.

Tadbir «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» bosh g‘oyasi asosida o‘tkazildi.

Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ma’rifat targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, tarix fanlari doktori, professor A.Mavrulov, Akademiya professor-o‘qituvchilari, tyutorlar, talabalar, shuningdek, ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi.

Seminar davomida mamlakatimiz mustaqillik yillarida erishgan yutuqlar, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda yoshlarning mamlakat kelajagini barpo etishdagi o‘rni va mas’uliyati xususida fikr almashildi.

Ta’kidlanganidek, «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» g‘oyasi jamiyatdagi birdamlik va hamjihatlikni mustahkamlash, turli millat va elat vakillarini umumiy maqsadlar yo‘lida birlashtirish, Vatan taraqqiyotiga daxldorlik hissini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Ochiq muloqot shaklida o‘tgan tadbirda mustaqillikning mazmun-mohiyati, fuqarolik mas’uliyati, yoshlarning intellektual va ma’naviy salohiyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilar tomonidan mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va yurt ravnaqiga xizmat qilishga qaratilgan fikr va takliflar bildirildi.

Telegram Facebook