Jinoyatchilikni oldini olish va nazorat qilish Yevropa instituti (HEUNI) direktori bilan uchrashuv

Jinoyatchilikni oldini olish va nazorat qilish Yevropa instituti (HEUNI) direktori bilan uchrashuv

2019 yil 24 yanvar kuni Bosh prokuratura Akademiyasi rahbariyatining Shvetsiya va Finlyandiya davlatlariga tashrifi doirasida, BMT bilan bog'liq, Jinoyatchilikni oldini olish va nazorat qilish Yevropa instituti (keyingi matnda – HEUNI) direktori N.Ollus bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv jaranida, HEUNI tashkilotining jinoyatchilikni oldini olish, jinoyat sudlov tizimi faoliyati samaradorligini baholashda innovatsion solishtiruv tadqiqotlarini tashkil etish, metodologiyasi, qo'llanma va materiallar ishlab chiqish tajribasi asosida bir qator yevropa davlatlarida jinoyatchilikni oldini olish milliy strategiyasi ishlab chiqilib amalga oshirilib kelinayotganligi ta'kidlab o'tildi.

Uchrashuv davomida Bosh prokuratura Akademiyasi HEUNI tashkiloti bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar o'tkazish, normativ-huquqiy, metodik va tahliliy ma'lumotlar bilan almashish, o'quv jarayoniga horijiy mutaxassislarni jalb qilish sohalaridagi hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlarini muhokama qilib olishdi.

Uchrashuv natijalariga ko'ra, HEUNI direktori N.Ollusni jinoyatchilikni oldini olish va prokuratura organlari hodimlarini kasbiy tayyorlash tizimini takomillashtirish sohasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirish hamda hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida O'zbekistonga tashrifi haqida dastlabki kelishuvga erishildi.