Navbatdagi dissertatsiya ishining kafedralararo muhokamasi bo‘lib o‘tdi

Navbatdagi dissertatsiya ishining kafedralararo muhokamasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida mustaqil izlanuvchi Samariddin Ochilov 12.00.08 – “Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroya huquqi” (yuridik fanlar) ixtisosligi bo‘yicha yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishining kafedralararo muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

“Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishni takomillashtirish» mavzusidagi tadqiqotda jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishni qo‘llashning mezonlari, asoslari va shartlarini takomillashtirish masalalari tahlil qilingan.

Muhokama davomida ishning dolzarbligi, ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati ko‘rib chiqilib, uni yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Muhokama yakunlariga ko‘ra dissertatsiya ishi ijobiy baholandi hamda belgilangan tartibda keyingi bosqichga tavsiya etildi.

Telegram Facebook