O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi mustaqil izlanuvchisi Bahodirov O‘tkirxon Baxriddinovichning 12.00.09 – «Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi» ixtisosligi bo‘yicha yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishining kafedralararo muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
«O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish jinoyatlarini tergov qilishni zamonaviy tendensiyalar asosida takomillashtirish» mavzusidagi tadqiqotda mazkur toifadagi jinoyatlarni tergov qilish metodikasini takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlari hamda tergov faoliyatiga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish masalalari tahlil qilingan.
Muhokama davomida ishning dolzarbligi, ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati ko‘rib chiqilib, uni yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.
Muhokama yakunlariga ko‘ra dissertatsiya ishi ijobiy baholandi hamda belgilangan tartibda keyingi bosqichga tavsiya etildi.