O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ye.V.Kolenko Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi doirasida mamlakatning yetakchi ilmiy-tadqiqot va tahlil markazlari rahbariyati bilan qator uchrashuvlar o‘tkazildi.
Jumladan, Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi huzuridagi Shanxay akademiyasi hamda Fudan universitetining “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi va global boshqaruv tadqiqotlari instituti rahbariyati bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvlar davomida O‘zbekiston–Xitoy munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari, shuningdek ilmiy-tadqiqot, ta’lim va ekspert-tahliliy sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar qo‘shma tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, ilmiy konferensiyalar va ekspertlar seminarlarini tashkil etish, akademik va ekspertlik almashinuvlarini rivojlantirish, tahliliy hamda ilmiy nashrlarni tayyorlash sohalarida hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
Muzokaralar chog‘ida huquqiy tadqiqotlar, ekspert-tahliliy faoliyat, kadrlar tayyorlash va malaka oshirish sohalarida hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda ilmiy muassasalar o‘rtasida tajriba almashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, huquqiy islohotlarni ilmiy va ekspert-tahliliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy tadqiqot usullarini rivojlantirish hamda tahlil markazlari va akademik muassasalar o‘rtasidagi institutsional hamkorlikni mustahkamlashning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Uchrashuvlar yakunlari bo‘yicha ikki mamlakatning tahlil va tadqiqot muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma tashabbuslar va ilmiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Mazkur uchrashuvlar huquqiy sohadagi ilmiy-tadqiqot va ekspert-tahliliy hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish hamda ikki mamlakat muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi.