Sud-huquq sohasida qo‘shma loyihalar va kadrlar tayyorlash

Sud-huquq sohasida qo‘shma loyihalar va kadrlar tayyorlash

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Hujjat sud-huquq sohasida uzoq muddatli, samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, ekspertlar va malakali mutaxassislarni jalb etgan holda kadrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma loyiha va tadbirlarni tashkil etish, sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish hamda ta’lim jarayonini zarur axborot bilan ta’minlashni nazarda tutadi.

Memorandum doirasida o‘tkazilgan davra suhbatida hamkorlikning amaliy yo‘nalishlari muhokama qilindi. Xususan, ekspertlar va malakali mutaxassislar ishtirokida qo‘shma loyiha va tadbirlarni tashkil etish, kadrlar tayyorlashga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish, sheriklik aloqalarini rivojlantirish hamda ta’lim jarayonini zarur axborot bilan ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi “Sudlarda komplayens nazorat tizimi samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–106-son Farmoni ijrosini ta’minlashga qaratilgan o‘zaro hamkorlik chora-tadbirlari muhokama etildi.

Mazkur Farmon bilan tasdiqlangan “yo‘l xaritasi”da Huquqni muhofaza qilish akademiyasi ishtirokida sudyalar va sud apparati xodimlarining Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasida tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarida malakasini oshirishni tashkil etish nazarda tutilgan.

Telegram Facebook