Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasiga qabul davom etmoqda

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasiga qabul davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 2026/2027 o‘quv yili uchun magistraturaga hujjatlar 10-iyundan 31 iyulga qadar Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali qabul qilinmoqda. Nomzodlar quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha tanlovda ishtirok etishlari mumkin:

“Prokurorlik faoliyati” – kunduzgi, kechki va masofaviy ta’lim shakllari;

“Korrupsiyaga qarshi kurashish”;

“Inson huquqlariga oid xalqaro huquq”;

“Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlash” – kunduzgi va masofaviy ta’lim shakllari, kunduzgi ta’lim shaklida o‘zbek va rus tilidagi guruhlar.

“Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlash” mutaxassisligi bo‘yicha Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan ilovaga kiritilgan nufuzli xalqaro IT-sertifikatga ega nomzodlar “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan kirish imtihonini topshirishdan ozod etiladi. Shuningdek, mazkur mutaxassislikka o‘qishga qabul qilingan tinglovchilarning oxirgi egallab turgan lavozimi bo‘yicha belgilangan tartib va miqdorda mehnatga haq to‘lash fondi to‘lovlari (pul ta’minoti) saqlanadi.

2026/2027 o‘quv yili uchun kunduzgi ta’lim shakliga 75 ta, kechki ta’lim shakliga 10 ta, masofaviy ta’lim shakliga 60 ta – jami 145 ta qabul o‘rni nazarda tutilgan.

Kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha qabul parametrlari:

“Prokurorlik faoliyati” – 14 ta o‘rin: 5 tasi davlat granti, 9 tasi to‘lov-kontrakt asosida;

“Korrupsiyaga qarshi kurashish” – 14 ta o‘rin: 5 tasi davlat granti, 9 tasi to‘lov-kontrakt asosida;

“Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” – 14 ta o‘rin: 5 tasi davlat granti, 9 tasi to‘lov-kontrakt asosida;

“Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlash” – 33 ta o‘rin: 10 tasi davlat granti, 23 tasi to‘lov-kontrakt asosida.

Kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha prokuratura organlari xodimlari uchun davlat granti asosida jami 20 ta o‘rin ajratilgan bo‘lib, har bir mutaxassislik hamda rus tilidagi guruh uchun 4 tadan o‘rin belgilangan.

Ochiq tanlov asosida tashqi nomzodlar uchun davlat granti bo‘yicha jami 5 ta o‘rin – har bir mutaxassislik hamda rus tilidagi guruh uchun 1 tadan o‘rin ajratilgan. To‘lov-kontrakt asosida esa jami 40 ta o‘rin nazarda tutilgan bo‘lib, har bir mutaxassislik uchun 9 tadan va rus tilidagi guruh uchun 4 ta o‘rin belgilangan.

“Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlash” mutaxassisligi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shakli uchun ajratilgan 33 ta o‘rinning 10 tasi davlat granti, 23 tasi to‘lov-kontrakt asosidadir. Shundan prokuratura organlari xodimlari uchun davlat granti asosida 8 ta, tashqi nomzodlar uchun davlat granti asosida 2 ta, tashqi nomzodlar uchun to‘lov-kontrakt asosida 13 ta hamda vakolatli davlat organlari xodimlari uchun to‘lov-kontrakt asosida 10 ta o‘rin nazarda tutilgan.

“Prokurorlik faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha kechki ta’lim shakli uchun to‘lov-kontrakt asosida jami 10 ta o‘rin ajratilgan. Ushbu o‘rinlar ochiq tanlov asosida tashqi nomzodlar uchun nazarda tutilgan.

“Prokurorlik faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha masofaviy ta’lim shakli uchun to‘lov-kontrakt asosida jami 30 ta o‘rin ajratilgan. Shundan prokuratura organlari xodimlari, tashqi nomzodlar va vakolatli davlat organlari xodimlari uchun 10 tadan o‘rin belgilangan.

“Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlash” mutaxassisligi bo‘yicha masofaviy ta’lim shakli uchun to‘lov-kontrakt asosida jami 30 ta o‘rin ajratilgan. Shundan prokuratura organlari xodimlari uchun 5 ta, tashqi nomzodlar uchun 10 ta hamda vakolatli davlat organlari xodimlari uchun 15 ta o‘rin nazarda tutilgan.

Ochiq tanlov asosida davlat granti bo‘yicha qabul qilingan tinglovchilarga qonunchilikda belgilangan tartib va miqdorda har oylik stipendiya to‘lanadi.

Tanlovlar avgust oyida o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasiga qabul qilish va o‘qitishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan Lex.uz  orqali tanishish mumkin.

Qabul jarayoni va kirish imtihonlariga oid yangiliklar Akademiyaning rasmiy veb-sayti – proacademy.uz, shuningdek, rasmiy sahifalari orqali e’lon qilib boriladi:

Facebook · Instagram · Telegram · X · YouTube

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 71-202-04-96 (ichki: 1795 va 1716)

Telegram Facebook