O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi barqaror rivojlanish bo‘yicha dunyoning TOP-1000 universitetlari qatoriga kirdi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi barqaror rivojlanish bo‘yicha dunyoning TOP-1000 universitetlari qatoriga kirdi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi-Times Higher Education Sustainability Impact Ratings 2026 xalqaro reytingining umumiy natijalarida 801–1000-o‘rinlar oralig‘idan joy oldi.

Mazkur reyting oliy ta’lim muassasalarining BMTning 17 ta Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga qo‘shayotgan hissasini baholaydi. Bunda ta’lim, ilmiy-tadqiqot, boshqaruv va ijtimoiy ahamiyatga ega faoliyatga oid taqdim etilgan ma’lumotlar hamda amaliyotlar inobatga olinadi.

Akademiya BMTning oltita Barqaror rivojlanish maqsadi bo‘yicha eng yuqori natijani qayd etib, 401–600-o‘rinlar oralig‘idan joy oldi:

«Munosib mehnat va iqtisodiy o‘sish»;

«Sanoatlashtirish, innovatsiyalar va infratuzilma»;

«Tengsizlikni qisqartirish»;

«Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish»;

«Quruqlikdagi ekotizimlarni asrash»;

«Tinchlik, adolat va samarali institutlar».

Shuningdek, Akademiya quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha 601–800-o‘rinlar oralig‘idan o‘rin egalladi:

«Kambag‘allikni tugatish»;

«Sifatli ta’lim»;

«Hamyonbop va toza energiya»;

«Barqaror shaharlar va aholi punktlari».

Ushbu natija O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining BMT Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga qo‘shilayotgan hissani baholovchi xalqaro tizimda ishtirok etayotganini ko‘rsatadi.

Telegram Facebook