Intellekt, tashabbus va jamoaviylik ruhi: Akademiyada «Yoshlar oqshomi»

Intellekt, tashabbus va jamoaviylik ruhi: Akademiyada «Yoshlar oqshomi»

30-iyun – Yoshlar kuni arafasida O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida «Yoshlar oqshomi» madaniy-ma’rifiy bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbir dasturi yoshlarning intellektual, ijodiy va jismoniy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, vatanparvarlik, jamoaviylik va sog‘lom raqobat muhitini mustahkamlashga qaratildi.

Tadbirni ochib bergan Akademiya rahbariyati mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faol ishtiroki, shuningdek, mamlakatning kelgusi taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi muhim ekanini alohida ta’kidladi.

Bayram dasturining markaziy voqealaridan biri PUBG Mobile kibersport musobaqasi bo‘ldi. Unda ishtirokchilar strategik fikrlash, tezkor qaror qabul qilish va jamoada hamjihat harakat qilish ko‘nikmalarini namoyon etib, musobaqaga katta qiziqish bildirdilar.

Tadbir yakunida ta’lim, ilm-fan, sport va jamoat ishlarida yuqori natijalarga erishayotgan, turli tanlov va musobaqalarda faol ishtirok etayotgan yoshlar munosib taqdirlandi.

Madaniy-ma’rifiy dastur, kibersport musobaqasi va taqdirlash marosimini birlashtirgan «Yoshlar oqshomi» yoshlarning yutuqlarini e’tirof etish, Akademiya jamoasidagi do‘stlik, hamjihatlik va jamoaviylik ruhini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Telegram Facebook