YXHT bilan amaliy hamkorlikning yangi istiqbollari muhokama qilindi

YXHT bilan amaliy hamkorlikning yangi istiqbollari muhokama qilindi

Muloqotda mehmonga Akademiyaning huquqni muhofaza qilish sohasi uchun zamonaviy kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot va amaliy faoliyatni uygʻunlashtirishga qaratilgan ish tizimi, shuningdek, ustuvor faoliyat yoʻnalishlari haqida batafsil maʼlumot berildi.

Konstruktiv ruhda oʻtgan suhbatda tomonlar oʻzaro hamkorlikni yanada mazmunli va amaliy yoʻnalishlarda rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Xususan, qoʻshma tadbirlar va loyihalarni amalga oshirish, dolzarb sohalarda tajriba almashinuvini kengaytirish istiqbollari koʻrib chiqildi.

Uchrashuv doirasida Andrian Krintya Akademiyaning Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati, uning zamonaviy imkoniyatlari va raqamli kriminalistika sohasidagi ilmiy-amaliy salohiyati bilan yaqindan tanishdi.

Muzokaralar yakuniga koʻra, tomonlar oʻzaro manfaatli yoʻnalishlarda amaliy hamkorlikni izchil kengaytirish va yangi qoʻshma tashabbuslarni roʻyobga chiqarishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Telegram Facebook