Yevgeniy Vyacheslavovich Kolenko o‘z nutqida xotin-qizlarning huquqni muhofaza qilish tizimidagi liderlik o‘rnini mustahkamlash faqat ularning tizimdagi ishtirokini kengaytirish masalasi emasligini ta’kidladi. Bu xizmat sifatini oshirish, jamoatchilik ishonchini mustahkamlash va samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilishning muhim shartidir.
Akademiya bu yo‘nalishda xotin-qizlarning kasbiy va rahbarlik salohiyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Maqsad – ularning tizimda nafaqat malakali mutaxassis, balki rahbar, tahlilchi va murabbiy sifatida ham mustahkam o‘rin egallashini ta’minlash.
Xalqaro ekspertlar Keyt Meynell va Montserrat Pina ishtirokidagi mashg‘ulotlarda strategik fikrlash, samarali muloqot, jamoani boshqarish, murakkab vaziyatlarda qaror qabul qilish va professional aloqalarni rivojlantirishning amaliy yondashuvlari muhokama qilindi.
Trening Akademiya xodimalari uchun ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish bilan birga, jamoa bilan ishlash, mas’uliyatli qaror qabul qilish va kasbiy muloqotni rivojlantirishga doir amaliy vositalarni o‘zlashtirish imkonini berdi. Ularni kasbiy faoliyatda qo‘llash jamoada o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va mas’uliyatli rahbarlik madaniyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.