"O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi monitoringning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish" mavzusidagi tadqiqotda korrupsiyaga qarshi monitoringning institutsional, tashkiliy-huquqiy, metodologik va raqamli asoslarini takomillashtirish, shuningdek, korrupsiya holati, dinamikasi, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar va korrupsiyaviy xavf-xatarlar hamda korrupsiyaga qarshi siyosat samaradorligini tizimli baholash masalalari tahlil qilingan.
Ilmiy seminar davomida dissertatsiya ishining dolzarbligi, ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati, tadqiqot natijalarining ishonchliligi, dissertant tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy xulosalar hamda qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar yuzasidan atroflicha muhokama o‘tkazildi. Shuningdek, seminar ishtirokchilari tomonidan dissertatsiya yuzasidan fikr-mulohazalar va takliflar bildirildi.
Ilmiy seminar yakunlari bo‘yicha dissertatsiya tadqiqoti ijobiy baholanib, dissertantga yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoyasiga tavsiya etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.