O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi huzuridagi Ilmiy kengashning navbatdagi majlisida Akademiya mustaqil izlanuvchisi Boboxonov Akramxon Alaxonovichning yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Dissertatsiya “Jinoyat protsessida ish yuritishni to‘xtatish va qayta tiklashni takomillashtirish masalalari” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, 12.00.09 – “Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi” ixtisosligi doirasida bajarilgan.
Tadqiqotda jinoyat protsessida ish yuritishni to‘xtatish va qayta tiklashning protsessual asoslari, tartib-taomillari hamda amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar tahlil qilingan. Shuningdek, mazkur institutni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan xulosa, taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Himoya natijalari bo‘yicha Ilmiy kengash a’zolari tomonidan tadqiqotchi yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga loyiq deb topildi.
Akademiya jamoasi Akramxon Boboxonovni dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgani bilan tabriklaydi hamda kelgusidagi ilmiy va kasbiy faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tilaydi.