O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatining "Tergov faoliyati" yo‘nalishi bo‘yicha ilk bitiruv marosimi materiallari asosida yakuniy videoloyiha konsepsiyasi va ssenariysini ishlab chiqish uchun mutaxassislarni tanlovda ishtirok etishga taklif etadi.
Bajariladigan ishlar:
o‘tkazilgan marosimga oid mavjud foto va videomateriallarni mazmunan o‘rganish, saralash va tizimlashtirish;
videoloyihaning asosiy g‘oyasi, maqsadi, mazmuniy yo‘nalishi va badiiy yechimini belgilash;
tanlangan materiallarning mantiqiy va dramaturgik ketma-ketligini ishlab chiqish;
marosimning mazmun-mohiyati va ahamiyatini to‘liq ochib beruvchi yakuniy videoloyiha ssenariysini tayyorlash;
kadrlar, nutqlar, titrlar, musiqiy bezak va ovozli yechimlar bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqish;
Buyurtmachining taklif va mulohazalari asosida konsepsiya hamda ssenariyga tegishli tuzatishlar kiritish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
ommaviy, rasmiy yoki madaniy tadbirlar uchun konsepsiya va ssenariylar ishlab chiqish tajribasi;
videodramaturgiya va ssenariy tuzilishi bo‘yicha bilim;
o‘zbek tilida savodli va ta’sirchan matn tayyorlash ko‘nikmasi.
Bajariladigan ish muddati:
Mazkur ish muddati 3 (uch) kunni tashkil etadi.
To‘lov miqdori:
Bajarilgan ish uchun to‘lov miqdori taraflar kelishuvi bilan belgilanadi va talabgorga bajarilgan ish natijasiga ko‘ra to‘lanadi.
Talabgor Akademiya Kadrlar bo‘limiga fuqarolik pasporti yoki ID-kartasi bilan shaxsan murojaat qilib, tegishli hujjatlar (shaxsini tasdiqlovchi hujjat, obyektivka, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasi, mehnat daftarchasi nusxasi, STIR ma’lumotnomasi)ni taqdim etishi lozim. Taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqilganidan so‘ng, talabgor bilan tanlov komissiyasi tarkibida suhbat o‘tkaziladi.
Hujjatlarni topshirish muddati: 2026 yil 31 iyulga qadar
Telefon: (71) 202-04-96 (1947)