Axborot-resurs markaziga kutubxonachi lavozimi uchun tanlov

Axborot-resurs markaziga kutubxonachi lavozimi uchun tanlov

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Axborot-resurs markazining 1-toifali kutubxonachisi lavozimini egallash uchun malakali, mas’uliyatli va tashabbuskor mutaxassislarni tanlovda ishtirok etishga taklif qiladi.

Asosiy vazifalar

Kutubxona fondini shakllantirish, hisobini yuritish, tizimlashtirish va saqlash.

Bosma nashrlar, elektron axborot resurslari va ma’lumotlar bazalari bilan ishlash.

Professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar va talabalarga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish.

Elektron katalog va ma’lumotlar bazasini yuritish hamda muntazam yangilab borish.

Ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy va kitobxonlikka oid tadbirlarni tashkil etishda ishtirok etish.

Ichki idoraviy hujjatlarga muvofiq lavozim zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar

Tegishli yo‘nalish bo‘yicha oliy ma’lumotga hamda malakasini tasdiqlovchi diplom, sertifikat yoki boshqa hujjatlarga ega bo‘lish.

Kompyuter texnikasi, elektron axborot resurslari va axborot-kutubxona dasturlari bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish.

O‘zbek va rus tillarini yaxshi bilish. Ingliz tilini bilish nomzodga qo‘shimcha ustunlik beradi.

Mas’uliyatli, tashabbuskor, muloqotga kirishuvchan va jamoada samarali ishlay olish.

Texnik va tahliliy fikrlash, yangi texnologiyalarni tez o‘zlashtirish hamda topshiriqlarni sifatli va o‘z vaqtida bajarish qobiliyatiga ega bo‘lish.

Ishga qabul qilish tanlov natijalari asosida, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Ish rejimi

Besh kunlik ish haftasi, haftasiga 40 soat.

Taqdim etiladigan hujjatlar

Fuqarolik pasporti yoki ID-karta.

Shaxsiy ma’lumotnoma, ya’ni obyektivka.

Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom.

Mehnat daftarchasi yoki elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirma.

JShShIR to‘g‘risidagi ma’lumot.

Mavjud malaka sertifikatlari.

Amalga oshirilgan loyihalar va kasbiy faoliyat haqidagi ma’lumotlar.

Talabgor hujjatlarni shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan Akademiyaning Kadrlar bo‘limiga shaxsan taqdim etishi lozim.

Taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqilgandan so‘ng, munosib nomzodlar komissiya suhbatiga taklif etiladi. Suhbat jarayonida nomzodning kasbiy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari va lavozim talablariga muvofiqligi baholanadi.

Hujjatlar 2026 yil 1 sentabrga qadar qabul qilinadi.

Murojaat uchun telefon: (71) 202-04-96, ichki raqam 1757.

Telegram Facebook