Akademiya magistraturasiga nomzodlar diqqatiga!

Akademiya magistraturasiga nomzodlar diqqatiga!

Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 6 apreldagi 143-son qaroriga 2-ilova bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasiga o‘qishga qabul qilish va o‘qitishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 37-bandiga muvofiq, tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar o‘tkaziladigan imtihonlar uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida to‘lovni amalga oshirishi lozim.

To‘lovni amalga oshirish zarurligi haqidagi SMS-xabar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan nomzodlar ro‘yxatdan o‘tishda ko‘rsatgan telefon raqamlariga yuborilgan.

To‘lov uchun invoys nomzodning shaxsiy kabinetiga joylashtirilgan. To‘lovni amalga oshirishning so‘nggi kuni – 14 avgust (shu kuni ham).

Nomzodlardan shaxsiy kabinetiga kirib, to‘lovni amalga oshirish so‘raladi.

Telegram Facebook