Magistraturaga kirish imtihonlari: nomzodlar uchun muhim ma’lumot

Magistraturaga kirish imtihonlari: nomzodlar uchun muhim ma’lumot

2026 yil 21 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasiga 2026/2027 o‘quv yili uchun qabul doirasida quyidagi mutaxassisliklar va nomzodlar toifalari bo‘yicha imtihonlar o‘tkaziladi:

 «Tergov faoliyati» – barcha nomzodlar uchun: chet tilidan imtihon, psixologik test va yozma imtihon.

«Prokurorlik faoliyati» – ichki nomzodlar uchun: chet tilidan imtihon

 «Prokurorlik faoliyati» (masofaviy ta’lim shakli) – ichki nomzodlar va vakolatli davlat organlari xodimlari uchun: chet tilidan imtihon.

«Korrupsiyaga qarshi kurashish» – ichki nomzodlar uchun: chet tilidan imtihon.

 «Inson huquqlariga oid xalqaro huquq» – ichki nomzodlar uchun: chet tilidan imtihon.

 «Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlash» – ichki nomzodlar va vakolatli davlat organlari xodimlari uchun: chet tili hamda «Informatika va axborot texnologiyalari» fanlaridan imtihon.

«Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlash» (masofaviy ta’lim shakli) – ichki nomzodlar va vakolatli davlat organlari xodimlari uchun: chet tili hamda «Informatika va axborot texnologiyalari» fanlaridan imtihon.

«Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlash» – ro‘yxatga kiritilgan tashqi nomzodlar uchun: «Informatika va axborot texnologiyalari» fanidan imtihon.

Barcha mutaxassisliklar boyicha imtihonlar 2026 yil 21 avgust kuni soat 14:00 da Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Yangiobod kochasi, 35-uyda joylashgan Bilim va malakalarni baholash agentligining maxsus binosida boshlanadi.

Nomzodlardan ko‘rsatilgan manzilga soat 12:00 dan kechikmay, shaxsni tasdiqlovchi hujjatning – pasport yoki ID-kartaning – asli bilan hozir bo‘lishlari so‘raladi.

Telegram Facebook