She’riyat, kitobxonlik va ma’naviy qadriyatlar haqida muloqot

She’riyat, kitobxonlik va ma’naviy qadriyatlar haqida muloqot

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida taniqli shoira va jurnalist Farog‘at Xudoyqulova bilan ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi. Muloqot adabiyot va she’riyatning inson tafakkuri hamda ma’naviy kamolotidagi o‘rniga bag‘ishlandi.

Farog‘at Xudoyqulova lirik va vatanparvarlik ruhidagi she’rlari, adabiy va ijtimoiy sohalardagi faolligi bilan tanilgan. U O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Dunyo xalqlari Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

Uchrashuvda shoira o‘zining hayot va ijod yo‘li, adabiyot va she’riyat sohasidagi tajribasi haqida so‘zlab berdi. O‘z ijodidan she’rlar o‘qib, ularning mazmun-mohiyati yuzasidan fikrlarini bildirdi.

Ochiq muloqot davomida adabiyot, ijod, kitobxonlik va ma’naviy qadriyatlarga oid masalalar muhokama qilindi. Muallif bilan bevosita suhbat ishtirokchilarga she’riy asarlarni teranroq anglash, ijodkorning hayotiy va kasbiy tajribasi bilan yaqindan tanishish hamda badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish imkonini berdi.

Telegram Facebook