Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga kirish test sinovlari: hujjat topshirgan talabgorlar uchun muhim ma’lumot

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga kirish test sinovlari: hujjat topshirgan talabgorlar uchun muhim ma’lumot

2026 yil 25 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan 2026/2027 o‘quv yili uchun bakalavriatning «60420100 – Yurisprudensiya» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga kirish test sinovlari o‘tkaziladi.

Test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lovni amalga oshirgan talabgorlar ro‘yxati va ular tanlagan hududlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar 1-ilovada keltirilgan.

1-ilovada korsatilgan talabgorlar 2026 yil 25 avgust kuni ozlari tanlagan hududdagi test sinovlari otkaziladigan manzilga pasport yoki ID-karta bilan quyidagi vaqtga qadar yetib kelishlari lozim:

·                               Toshkent shahri – soat 14:00 ga qadar;

·                               Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa hududlar – soat 08:00 ga qadar.

Talabgorlar belgilangan vaqtdan kechikmasdan yetib kelishlari shart. Kechikkan talabgorlar test sinovlarida ishtirok etishga qo‘yilmaydi.

Test sinovlari o‘tkaziladigan manzillar 2-ilovada keltirilgan.

Telegram Facebook