Sun’iy intellekt va kiberjinoyatchilik – MDH prokuraturalari ilmiy muloqoti markazida

Sun’iy intellekt va kiberjinoyatchilik – MDH prokuraturalari ilmiy muloqoti markazida

Akademiya boshlig‘i o‘rinbosari A.S.Odinaev boshchiligidagi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi xodimlari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar bosh prokurorlarining Muvofiqlashtiruvchi kengashi (MDH BPMK) faoliyatida ishtirok etuvchi bosh prokuraturalarning ilmiy va ta’lim muassasalari rahbarlarining navbatdagi uchrashuvida ishtirok etdi.

Tadbirda ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, MDH BPMK Ilmiy-metodik markazi faoliyatini takomillashtirish, prokuratura faoliyatiga sun’iy intellektni joriy etish, shuningdek, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, ishtirokchilar MDH davlatlarining ilmiy va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari yuzasidan fikr almashib, jinoyatchilikka qarshi kurashish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish masalalari bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, shuningdek, ilmiy-metodik materiallar va axborot almashinuvining ahamiyatini ta’kidladilar.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar ilm-fan va ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Telegram Facebook