O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasiga tanlov jarayoni nihoyasiga yetdi.
Xususan, magistraturaning “Prokurorlik faoliyati”, “Korrupsiyaga qarshi kurashish”, “Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” va “Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlash” (o‘zbek va rus tilidagi guruhlar) mutaxassisliklari bo‘yicha ta’limning kunduzgi, shuningdek “Prokurorlik faoliyati” va “Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlash” mutaxassisliklari bo‘yicha ta’limning masofaviy hamda “Prokurorlik faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha kechki ta’lim shakllari uchun tanlov o‘tkazildi.
Tanlov yakuniga ko‘ra, eng yuqori natijalarga erishgan 84 nafar nomzod ta’limning kunduzgi shakliga, 65 nafar nomzod ta’limning masofaviy shakliga hamda 14 nafar nomzod ta’limning kechki shakli bo‘yicha Akademiya magistraturasi tinglovchilari safiga tavsiya etildi.
Shuningdek, “Tergov faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha tanlovda ishtirok etgan 35 nafar nomzod o‘qishga tavsiya etildi.
Nomzodlar tanlov natijalarini pasport (ID-karta) raqami orqali quyidagi ro‘yxatda tanishishlari mumkin.
Eslatma: Imtihon sinovlarida ishtirok etmagan nomzodlar ro‘yxatda ko‘rsatilmagan.