O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasiga 2026/2027 o‘quv yili uchun o‘qishga qabul qilingan tinglovchilar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasiga 2026/2027 o‘quv yili uchun o‘qishga qabul qilingan tinglovchilar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasiga 2026/2027 o‘quv yili uchun qabul bo‘yicha tanlov jarayonlari yakunlandi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, magistraturaning «Tergov faoliyati», «Prokurorlik faoliyati», «Korrupsiyaga qarshi kurashish», «Inson huquqlariga oid xalqaro huquq» va «Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlash» mutaxassisliklari bo‘yicha (o‘zbek va rus tillaridagi guruhlar) kunduzgi ta’lim shakliga o‘qishga tavsiya etilgan nomzodlar 2026-yil 7-sentabr kuni soat 9:00 da Akademiyaga hozir bo‘lishlari lozim.

«Prokurorlik faoliyati» mutaxassisligi bo‘yicha kechki ta’lim shakliga o‘qishga tavsiya etilgan nomzodlar esa 2026-yil 7-sentabr kuni soat 18:00 da Akademiyada bo‘lishlari talab etiladi.

O‘qishga tavsiya etilgan nomzodlar o‘zlari bilan quyidagi hujjatlarning aslini olib kelishlari shart:

  1. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta);
  2. Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasi.

Masofaviy ta’lim shakliga o‘qishga tavsiya etilgan nomzodlarga Akademiyaga kelish sanasi va vaqti haqida qo‘shimcha ravishda xabar beriladi.

Akademiya jamoasi tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan barcha nomzodlarni samimiy muborakbod etadi hamda ularga ta’lim va ilmiy izlanishlarda, shuningdek, kelgusi kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi!

 

Telegram Facebook