Akademiyada “Legal English Course” doirasida ochiq mahorat darsi o‘tkazildi

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Akademiyada “Legal English Course” doirasida ochiq mahorat darsi o‘tkazildi

11-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida ingliz tilini, xususan, yuridik ingliz tilini o‘rganishga qiziquvchi professor-o‘qituvchilar, talabalar va soha mutaxassislari ishtirokida yuridik sohada ingliz tilidan foydalanishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ochiq mahorat darsi Akademiyada oflayn hamda Zoom platformasi orqali onlayn shaklda tashkil etildi. Unda Akademiya talabalari bilan bir qatorda respublikaning turli tashkilot va muassasalari mutaxassislari, ingliz tili o‘qituvchilari hamda yuridik ingliz tilini o‘rganuvchilar ishtirok etdi.

Mahorat darsiga xalqaro huquq sohasi mutaxassisi, IELTS imtihonidan 9,0 ball olgan va CELTA sertifikati sohibi Jahongir Esanov maxsus mehmon va ma’ruzachi sifatida taklif etildi.

Mashg‘ulot davomida yuridik sohada ingliz tilidan samarali foydalanish, huquqiy terminologiyani to‘g‘ri qo‘llash, kasbiy muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xalqaro huquqiy muhitda ingliz tilining ahamiyati masalalari ko‘rib chiqildi.

Telegram Facebook