Akademiya Surxondaryo viloyatida “mahalla yettiligi” vakillari uchun malaka oshirish kurslarini o‘tkazdi

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Akademiya Surxondaryo viloyatida “mahalla yettiligi” vakillari uchun malaka oshirish kurslarini o‘tkazdi

7–11 sentyabr kunlari o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotlarida Surxondaryo viloyatining O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga biriktirilgan hamda 2026 yilning sakkiz oyi yakunlari bo‘yicha “qizil” toifaga kiritilgan mahallalaridan 260 nafar “mahalla yettiligi” vakili ishtirok etdi. Mashg‘ulotlar davomida ular jinoyatchilikning barvaqt profilaktikasiga oid bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirdi.

Malaka oshirish kurslari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shma chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-son hamda “2026 yilda respublika mahallalarida jinoyatchilikning barvaqt profilaktikasi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–2-son qarorlari asosida tashkil etildi.

O‘quv dasturi doirasida ilmiy tavsiyalarni amalda qo‘llash, konfliktologiya va nizolarni hal etish taktikasi, stressni boshqarish, nostandart vaziyatlarda ruhiy barqarorlikni ta’minlash, kibergigiyena qoidalariga rioya etish, kiber tahdidlardan himoyalanish, kiberbulling va oilaviy zo‘ravonlik, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishda preventiv mexanizmlar hamda halollik madaniyati masalalari ilmiy-amaliy yondashuv asosida yoritildi.

Ishtirokchilarga Akademiya tomonidan ishlab chiqilgan “Surxondaryo viloyati mahallalarida amalga oshirilgan o‘rganishlar va ishlab chiqilgan ilmiy tavsiyalar” nomli qo‘llanmadan foydalanish tartibi ham tushuntirildi.

Telegram Facebook