“Mahalla yettiligi” xodimlarining kasbiy tayyorgarligi: ilmiy tavsiyalardan amaliy natijalar sari

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

“Mahalla yettiligi” xodimlarining kasbiy tayyorgarligi: ilmiy tavsiyalardan amaliy natijalar sari

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari B. Valiyev rahbarligida Prezidentning 2026 yil 5 yanvardagi PQ-1 va PQ-2-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida 14–18 sentyabr kunlari Qashqadaryo viloyatida Respublika idoralararo muvofiqlashtirish shtabi va ishchi guruhi tomonidan o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.

Mazkur tadbirlar doirasida Huquqni muhofaza qilish akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan joriy yilning 8 oyi yakunlari bo‘yicha “qizil” toifaga kiritilgan mahallalarda faoliyat yuritayotgan 400 nafardan ortiq “mahalla yettiligi” xodimlari uchun qisqa muddatli masofaviy malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

O‘quv mashg‘ulotlarida konfliktologiya, nizolarni hal etish taktikasi, stress-menejment, psixologik barqarorlik, kiber gigiyena va kiber tahdidlardan himoyalanish, oilaviy zo‘ravonlikning oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashishning preventiv mexanizmlari hamda halollik madaniyatini shakllantirish masalalari qamrab olindi.

Shuningdek, 2023–2025 yillarda Akademiyaga biriktirilgan “qizil” toifadagi mahallalarda amalga oshirilgan ilmiy-amaliy o‘rganishlar natijalari hamda ular asosida ishlab chiqilgan tashkiliy-kriminologik taktika va strategiyalar muhokama qilindi.

O‘rganishlar natijasida tayyorlangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti­ning 2026 yil 5 yanvardagi PQ-1 va PQ-2-son qarorlari bilan Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga biriktirilgan Qashqadaryo viloyati mahallalarida amalga oshirilgan o‘rganishlar va ishlab chiqilgan ilmiy tavsiyalar” nomli qo‘llanmani amaliyotda qo‘llash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Telegram Facebook