O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda Yoshlar kuni doirasida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan g‘oyalarning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga e’tibor qaratildi.
Unda o‘ttiz besh yillik mustaqil taraqqiyot davri mamlakatimiz tarixida muhim bosqich bo‘lgani, mustaqillik bugungi yosh avlod uchun hayot haqiqati, har bir fuqaro uchun esa eng oliy ne’mat ekani ta’kidlandi.
Tadbir davomida inson qadri va manfaatlarini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida qayd etildi. Shuningdek, uch ming yillik davlatchilik tarixi va milliy qadriyatlarni zamonaviy taraqqiyot bilan uyg‘unlashtirish, Yangi O‘zbekiston yoshlarining mamlakat kelajagidagi o‘rniga alohida e’tibor qaratildi.
Milliy qadriyatlar va umuminsoniy yutuqlar uyg‘unligi Uchinchi Renessans poydevorini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Tadbir yoshlarda mustaqillikning qadr-qimmatini chuqur anglash, milliy g‘urur va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash, shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini oshirishga xizmat qildi.