Hozirgi vaqtda Akademiya faoliyatiga vaqtinchalik asosda talabalarni futbol sport turi bo‘yicha tayyorlovchi mutaxassisni jalb qilish zarurati mavjud. Mutaxassis tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ma’qullangan taqdirda, u bilan Akademiya o‘rtasida ikki tomonlama fuqarolik huquqiy shartnoma imzolanadi.
Mutaxassisning vazifalari:
Akademiya talabalari uchun futbol bo‘yicha rejali mashg‘ulotlarni jadvalda belgilangan tarzda o‘tkazish;
Mashg‘ulot dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Talabalarning jismoniy, texnik, taktik va psixologik tayyorgarligini ta’minlash;
Talabalarning futbol sport turi bilan shug‘ullanish mahoratini bosqichma-bosqich rivojlantirib borish;
Talabalarda individual va jamoaviy o‘yin ko‘nikmalarini shakllantirish;
Iste’dodli talabalarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash;
Akademiya jamoasini futbol bo‘yicha sport musobaqalarga tayyorlash;
Talabalar o‘rtasida sport etikasi, jamoaviy o‘yin va sport intizomini shakllantirish;
O‘quv mashg‘ulotlari vaqtida xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini ta’minlash;
O‘quv mashg‘ulotlari davomida talabalar jarohatlanishining oldini olish va tibbiy nazoratni ta’minlash;
Talabalarning jismoniy holatini doimiy kuzatib borish;
Mashg‘ulotlar va musobaqalar bo‘yicha bajarilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tayyorlab, Akademiya rahbariyatiga belgilangan tartibda axborot taqdim etib borish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
25 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lishi;
Oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumot va kamida 3 yillik amaliy tajriba (futbol ixtisosligi ustuvor hisoblanadi);
Futbol sport turi bo‘yicha murabbiylik sertifikati hamda malaka toifasi mavjud bo‘lishi lozim.
Bajariladigan ish muddati: 2 (ikki) oy.
To‘lov miqdori: taraflar kelishuvi bilan belgilanadi va talabgorga bajarilgan ish natijasiga ko‘ra to‘lanadi.
Talablar: zamonaviy mashg‘ulot metodikalari va innovatsion usullarni qo‘llay olish, jamoa bilan hamnafas ishlash, talabalar bilan ishlash qobiliyati, mas’uliyatli va intizomli bo‘lish.
Ish vaqti: kuniga 2 soat, haftasiga 3 kunlik ish vaqtini tashkil etadi.
Talabgor Akademiya Harbiy va jismoniy tayyorgarlik kafedrasiga fuqarolik pasporti yoki ID kartasi bilan shaxsan murojaat qilib, tegishli hujjatlar (shaxsini tasdiqlovchi hujjat, obyektivka, oliy ta’lim olganlik haqida diplom va uning ilovasi, mehnat daftarchasi nusxasi, STIR ma’lumotnomasini taqdim etishi lozim. Taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqilganidan so‘ng zaruratga ko‘ra talabgor bilan komissiya tarkibida suhbat o‘tkaziladi.
Hujjatlarni topshirish muddati 2026 yil 4 oktabr kuniga qadar (shu kuni ham).
Telefon: + 998 90 168 48 32