Mudofaa vazirligida korrupsiyaga qarshi madaniyat va harbiy xizmatda halollik masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Mudofaa vazirligida korrupsiyaga qarshi madaniyat va harbiy xizmatda halollik masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan Mudofaa vazirligida “Korrupsiya tarixi, qonunchilikdagi yangi talablar va harbiy xizmatda halollik” mavzusida seminar tashkil etildi.

Aralash tarzda o‘tkazilgan tadbirda Mudofaa vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari, shuningdek, vazirlikning respublika bo‘yicha barcha harbiy qismlari va tuzilmalari harbiy xizmatchilari ishtirok etdi.

Tadbirda Akademiyaning Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta’lim markazi xodimi taqdimot bilan chiqib, ishtirokchilarga korrupsiyaning huquqiy mazmuni, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar hamda qonunchilikdagi yangi talablar haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, ishtirokchilarga “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasining ta’lim imkoniyatlari tanishtirilib, huquqiy bilimlarni muntazam oshirish, ularni kundalik xizmat faoliyatida qo‘llash va rahbarlarning shaxsiy namunasi orqali halollik madaniyatini mustahkamlash muhimligi qayd etildi.

Telegram Facebook