Qozog‘iston Huquqni muhofaza qiluvchi organlar akademiyasi delegatsiyasi Akademiyaga tashrif buyurdi
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Qozog‘iston Huquqni muhofaza qiluvchi organlar akademiyasi delegatsiyasi Akademiyaga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Huquqni muhofaza qiluvchi organlar akademiyasi delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida mehmonlarga Akademiyaning faoliyati, tashkiliy tuzilmasi, asosiy faoliyat yo‘nalishlari hamda zamonaviy ta’lim infratuzilmasi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tashrif doirasida delegatsiya Akademiyada prokuratura va tergov organlari xodimlarini tayyorlash jarayoni, ta’limda qo‘llanilayotgan zamonaviy pedagogik usullar va texnologiyalar bilan tanishdi.

Konstruktiv ruhda o‘tgan muloqot davomida tomonlar o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada kuchaytirish va kengaytirishga kelishib oldilar.

Telegram Facebook