Akademiyada o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini yanada oshirish, ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish hamda ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etish maqsadida navbatdagi o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Mashg‘ulotda Kanadaning ta’lim sohasidagi xalqaro eksperti, Vebster universiteti professori Luis Treyn ishtirok etdi.
Mashg‘ulot davomida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, zamonaviy pedagogik yondashuvlardan foydalanish, o‘qituvchilarning kasbiy va pedagogik kompetensiyalarini rivojlantirish, shuningdek, xalqaro ta’lim tajribasini amaliyotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ishtirokchilar uchun xorijiy tillarni, xususan, ingliz tilini o‘qitish samaradorligini oshirish, til bilimi va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha zamonaviy usul va yondashuvlar yuzasidan fikr va tajriba almashildi.
Mazkur mashg‘ulot Huquqni muhofaza qilish akademiyasida ta’lim sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish va xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘lidagi amaliy qadamlardan biri bo‘ldi.