To‘rt kunlik dastur ikki akademiya o‘rtasida ilmiy-pedagogik tajriba almashish, professor-o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish hamda amaliyotga yo‘naltirilgan zamonaviy ta’lim usullarini o‘rganishga qaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademsi professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi va uning kafedralari faoliyati bilan batafsil tanishdi. Ular bakalavriat va magistratura talabalari uchun o‘tkaziladigan ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etdi.
Stajirovka davomida jinoyat huquqi va jinoyat-protsessual huquq, tergov faoliyati, inson huquqlarini himoya qilish, xalqaro huquq, fuqarolik protsessual huquqi, ma’muriy huquq hamda sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini ta’minlash masalalari bo‘yicha tajriba almashildi. Amaliy mashg‘ulotlar Akademiyaning sud jarayonini modellashtirish xonalari va tergov poligoni imkoniyatlaridan foydalangan holda o‘tkazildi.
Mazkur stajirovka ikki akademiya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.