O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida xodimlar o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yini o‘tkazildi. O‘yin xodimlarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda tarixiy, ma’naviy-ma’rifiy va umumiy bilimlarini kengaytirishga qaratildi.
Savollar «Birinchi va ikkinchi Renessans – buyuk daholar davri», «Tarixiy xotira beqiyos» hamda «Kitob – ma’naviyat ko‘zgusi» mavzulari asosida tayyorlandi.
Bellashuvda jamoalar Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlari allomalarining ilm-fan va sivilizatsiya taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, tarixiy xotirani asrab-avaylash, qatag‘on yillarida jabr ko‘rgan prokuratura xodimlarining faoliyati, kitobxonlik madaniyati va ma’naviy merosga oid savollarga javob berdi.
Ishtirokchilar savollarni birgalikda muhokama qilib, mantiqiy tahlil asosida javoblarini taqdim etdi. O‘yin xodimlarga bilimlarini sinovdan o‘tkazish va jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmalarini namoyon etish imkonini berdi.