Huquqni muhofaza qilish akademiyasi UI GreenMetric 2026 xalqaro reytingida o‘z mavqeini mustahkamladi
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi UI GreenMetric 2026 xalqaro reytingida o‘z mavqeini mustahkamladi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida 671-o‘rinni egalladi. Reytingga 110 mamlakatdan 2 016 ta oliy ta’lim muassasasi kiritilgan.

UI GreenMetric oliy ta’lim muassasalari faoliyatini barqaror rivojlanishning yetti yo‘nalishi bo‘yicha baholaydi: infratuzilma, energetika va iqlim o‘zgarishi, chiqindilarni boshqarish, suv resurslari, transport, ta’lim va tadqiqotlar, boshqaruv va raqamlashtirish.

Baholash natijalariga ko‘ra, Akademiya «Transport» yo‘nalishida 1 375 ball, «Ta’lim va tadqiqotlar» yo‘nalishida 975 ball, «Boshqaruv va raqamlashtirish» yo‘nalishida 825 ball to‘pladi. Ushbu yo‘nalishlar Akademiya faoliyatiga barqaror rivojlanish tamoyillarini izchil joriy etish bilan bog‘liq.

Akademiya barqaror rivojlanish ko‘rsatkichlarini yaxshilash va xalqaro reytinglardagi o‘rnini mustahkamlash bo‘yicha ishlarni davom ettiradi.

Telegram Facebook