O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi rahbariyati va xodimlari Toshkent davlat yuridik universiteti tashkil etilganining 35 yilligiga bag‘ishlangan «Huquqiy davlat sari 35 yil. Yuridik ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar yangi taraqqiyot bosqichida» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi.
Universitetning 35 yillik faoliyati O‘zbekistonda yuridik ta’limning rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq. Shu yillar davomida tayyorlangan huquqshunoslar, to‘plangan ilmiy salohiyat va pedagogik tajriba uning mamlakat huquqiy hayotiga qo‘shgan hissasini belgilaydi.
Akademiya jamoasi universitetning professor-o‘qituvchilari, xodimlari, talabalari va bitiruvchilarini yubiley bilan samimiy tabriklaydi hamda yuridik ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash yo‘lidagi faoliyatida yangi yutuqlar tilaydi.