Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik: talabalar uchun amaliy mashg‘ulot
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik: talabalar uchun amaliy mashg‘ulot

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining talabalar turar joyida «Yong‘indan ogohlik» umummilliy kampaniyasi oyligi doirasida amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulot talabalarning favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda evakuatsiya tartibini amalda sinab ko‘rishga qaratildi.

Mashg‘ulot davomida ogohlantirish signali berildi. Shundan so‘ng talabalar mas’ul xodimlar ko‘rsatmalariga muvofiq binoni tark etib, belgilangan xavfsiz hududga tartibli ravishda chiqdi.

Talabalarga favqulodda vaziyatlarda sarosimaga tushmaslik, belgilangan evakuatsiya yo‘nalishlaridan foydalanish, mas’ul shaxslar ko‘rsatmalariga amal qilish va xavfsizlik qoidalariga rioya etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Mashg‘ulot yakunida ishtirokchilarga favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tartibi yuzasidan qo‘shimcha tavsiyalar berildi.

Telegram Facebook