O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining «Tergov faoliyati» bakalavriat yo‘nalishi 1-bosqich talabalari mahorat darsida ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha vazifa va vakolatlari bilan tanishdilar.
Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida o‘tkazilgan mashg‘ulotni yuridik fanlar doktori, professor Olimjon Matchonov olib bordi. U ko‘p yillik amaliy tajribasiga tayanib, jamoat xavfsizligini ta’minlashning zamonaviy mexanizmlarini tushuntirdi hamda talabalar bilan kasbiy tajribasi va sohadagi dolzarb masalalarga oid fikrlarini o‘rtoqlashdi.
Mashg‘ulot talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash va kelgusidagi tergov faoliyatiga tayyorgarligini oshirishga xizmat qildi.