Kasbga yo‘l ustozdan boshlanadi
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Kasbga yo‘l ustozdan boshlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Bosh prokuratura vakillari, faxriylar, Akademiya hamkorlari, xodimlari va talabalari ishtirok etdilar.

Akademiyada ustozlar bo‘lajak huquqshunoslarning kasbiy shakllanishiga munosib hissa qo‘shib, ularga bilim va tajriba bilan birga qonunga hurmat, mas’uliyat va kasbiy halollikni ham singdirib kelmoqda.

Tadbirda professor-o‘qituvchilar va faxriylar e’zozlandi. Talabalar tomonidan tayyorlangan bayram dasturi ustozlarga minnatdorlik ifodasi bo‘lib, uchrashuvga samimiylik va ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Turli avlod vakillarining bir davrada jam bo‘lishi ustoz-shogird an’analarining Akademiya hayotidagi o‘rnini yana bir bor namoyon etdi.

Bayram doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori hamda Akademiya boshlig‘ining buyruqlariga muvofiq bir guruh xodimlar rag‘batlantirildi.

Akademiya jamoasi barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan samimiy tabriklab, ularga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik va yosh avlodni tarbiyalashdek sharafli ishda muvaffaqiyatlar tilaydi.

Telegram Facebook