«Deputat va yoshlar»: Akademiyada ochiq muloqot
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

«Deputat va yoshlar»: Akademiyada ochiq muloqot

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Boriy Alixanov va Ravshan Fazilov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Akademiya xodimlari va talabalari ishtirok etdi.

Muloqotda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda ularning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Qonunchilik palatasi faoliyati va qonun ijodkorligi jarayonlari haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuvning ochiq va samimiy ruhda o‘tgani talabalarga deputatlar bilan bevosita fikr almashish, muhokama qilingan masalalar yuzasidan o‘z qarashlari va takliflarini bildirish imkonini berdi.

Tadbir doirasida «Yashil taraqqiyot tamoyillari: tahlil va natijalar» nomli kitob taqdimoti ham o‘tkazildi. Taqdimotda nashrning mazmuni, unda yoritilgan yashil taraqqiyot tamoyillari va zamonaviy yondashuvlar, shuningdek, mazkur yo‘nalishda olib borilgan tahlillar hamda ularning natijalari ishtirokchilarga tanishtirildi.

Telegram Facebook