Yong‘in xavfsizligi: Akademiya talabalari uchun amaliy mashg‘ulot
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Yong‘in xavfsizligi: Akademiya talabalari uchun amaliy mashg‘ulot

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida talabalarning yong‘in xavfsizligi bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan mashg‘ulot o‘tkazildi. Unda yong‘inning oldini olish, xavf yuzaga kelganda to‘g‘ri harakat qilish va birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanishga e’tibor qaratildi.

Mutaxassislar yong‘inga sabab bo‘luvchi omillar, elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish talablari hamda yong‘in xavfsizligi qoidalarini tushuntirdilar. Shuningdek, yong‘in sodir bo‘lganda harakat qilish tartibi va xavfsiz evakuatsiya qoidalari haqida ma’lumot berildi.

Mashg‘ulotning amaliy qismida birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish tartibi namoyish etildi. Talabalar amaliy jarayonda bevosita ishtirok etib, mutaxassislar ko‘rsatmalari asosida o‘rgangan usullarini sinab ko‘rdilar.

Mashg‘ulot davomida talabalarning savollariga javoblar berilib, yong‘in xavfi yuzaga kelganda sarosimaga tushmasdan, belgilangan tartibda harakat qilish va evakuatsiya paytida xavfsizlik qoidalariga rioya etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Telegram Facebook