Huquqiy bilimlarni yaratish, amaliyot bilan bog‘lash va keng jamoatchilikka zamonaviy shakllarda yetkazish – Huquqni muhofaza qilish akademiyasi hamda Adliya vazirligi huzuridagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari sifatida muhokama qilindi.
12-oktabr kuni Akademiyada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ilmiy-amaliy sharhlar va o‘quv adabiyotlarini tayyorlashdan tortib, huquqiy media mahsulotlar va tahliliy nashrlargacha bo‘lgan hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi. Bunda Akademiyaning ilmiy salohiyati va huquqni muhofaza qilish amaliyoti tajribasini birlashtirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
2022-yilda tuzilgan kelishuv doirasida tomonlar “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi va “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunlarga ilmiy-amaliy sharhlar, shuningdek, “Kriminologiya” darsligini nashr etgan. Uchrashuvda ushbu hamkorlikni yangi nashrlar, media loyihalar va ilmiy muloqot bilan davom ettirish, jumladan, 25-noyabr kuni onlayn o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etish masalalari muhokama qilindi.