Akademiya rahbariyati, xodimlari va talabalari ishtirokida atrof-muhitni asrash, ekologik madaniyatni yuksaltirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan navbatdagi plogging aksiyasi o‘tkazildi. Ushbu tashabbus jismoniy faollikni hududni chiqindilardan tozalash bilan uyg‘unlashtirdi.
Aksiya davomida ishtirokchilar 3,75 kilometr masofani bosib o‘tib, yo‘nalish bo‘ylab chiqindilarni yig‘dilar. Natijada 104 qop chiqindi to‘plandi, 87 ta plastik idish esa qayta ishlash uchun topshirildi.
Ekologik yo‘nalish Akademiya faoliyatida ustuvor ahamiyatga ega. Plogging aksiyasi talabalarni tabiatni asrashga bevosita hissa qo‘shishga jalb etib, ekologik mas’uliyatni amaliy harakat orqali namoyon qildi.