O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2026–2027 o‘quv yili uchun maxsus stipendiyasi tanlovida respublika bo‘yicha 1 562 nafar talaba ishtirok etdi. Ularning 77 nafari stipendiyaga munosib deb topildi. Stipendiya sohiblari orasida Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasi tinglovchisi Xo‘jaqulova Vasliya Zafardiyorovna va Bakalavriat fakultetining 4-bosqich talabasi Kushmakov Rasulbek Toshmatjonovich ham bor.
Ushbu e’tirof talabalarning o‘qishdagi va chet tillarini bilishdagi yuqori natijalari, ilmiy-tadqiqot faolligi, shuningdek, milliy va xalqaro musobaqalardagi yutuqlarini namoyon etadi.
Akademiya talabalarni tabriklaydi va ularga kelgusi faoliyatida, ilmiy izlanishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.