Akademiyada o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish jinoyatlarini tergov qilishga bag‘ishlangan dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Akademiyada o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish jinoyatlarini tergov qilishga bag‘ishlangan dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi huzuridagi DSc.24/2026.31.01.Yu.01.02 raqamli Ilmiy kengash majlisida Akademiya katta o‘qituvchisi Bahodirov O‘tkirxon Baxriddinovich tomonidan 12.00.09 – «Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi» ixtisosligi bo‘yicha yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan «O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish jinoyatlarini tergov qilishni zamonaviy tendensiyalar asosida takomillashtirish» mavzusidagi dissertatsiya ishi himoya qilindi.

Tadqiqotda mazkur turdagi jinoyatlarni tergov qilish sifatini oshirish, raqamli texnologiyalardan foydalanish va idoralararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari o‘rganildi.

Dissertatsiyada ushbu toifadagi jinoyatlarni ixtisoslashtirilgan tartibda tergov qilish, tergovchilar uchun uslubiy qo‘llanmalar va amaliy algoritmlar ishlab chiqish, shuningdek, yetkazilgan mulkiy zararni qoplash choralarini takomillashtirishga oid takliflar ilgari surildi. Himoya natijalariga ko‘ra, Ilmiy kengash dissertatsiya ishini ma’qulladi.

Akademiya jamoasi Bahodirov O‘tkirxon Baxriddinovichni dissertatsiya himoyasi bilan samimiy tabriklab, ilmiy va kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.

Telegram Facebook